Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Sen, 2007

Indi «Telba» filmida!

IndiIndi ayni damda «Jinnuri» taronasini FM to’lqinlari orqali tinglovchilar e’tiboriga havola etishga shay turibdi. Shuningdek, u xonandalikdan tashqari kinoda ham suratga tushishga rozilik berdi. «Telba»! Yangi film aynan shunday nomlanadi. Film «Sharq sinema» tomonidan yaratiladi.Kartina rejissori Ayub Shahobiddinov, scenariy muallifi esa Yolqin To’ychiev. Bu filmda Farruh Soipov, Dilnoza Kubaeva, Oybek Rixsibekov hamda Bekzod Tojievlarning ishtirokini ko’rish mumkin bo’ladi. Film haqidagi to’liq ma’lumotlarni tez orada faqatgina bizdan, birinchi raqamli portaldan bilib olishingiz mumkin. Ayni kunda yangi film ijodkorlari bo’lmish Ayub Shahobbiddinov «O’tov» filmi bilan, Avaz Tojixonov «Suiqasd» filmi bilan «Anapa» festivaliga yo’l olayotgan bo’lsalar, Yolqin To’ychiev esa ushbu festivalga hay’at a’zosi bo’lib ketmoqda. Indi «Telba» filmi uchun 2 ta soudtrack ijro etadi. Filmni tasvirga tushirish ishlari oktyabr oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *