Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Iyun, 2006

Ilk ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA a’lo darajada o’tdi!!!

Shohruh on-lineKutilgan vaqtlar ham yetib keldi va ilk ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA bo’lib o’tdi. Kutilgan darajada o’tkazilgan ushbu video-konferensiyani O’zbekistonda birinchi bor o’tkazilganligini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli. Bu video-konferensiyada qandaydir oddiy virtual muloqot emas, haqiqiy ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA bo’lganiga konferensiyada ishtirok etganlar o’zlari guvoh bo’lishdi. Konferensiyaning boshqa saytlardagi on-line suhbatlardan farq qiladigan jihatlari anchagina. Masalan, konferensiyada ishtirok etgan har bir ishtirokchi nafaqat sevimli yulduzi bilan shunchaki yozma ravishda muloqot o’rnatishlari mumkin. Balki, o’sha sevimli yulduzini tovushini eshitib va hattoki to’g'ridan-to’g'ri ko’rib ham suhbatidan bahramand bo’lishlari mumkin. Batafsil ichkarida…


On-line video konferensiyaning sur’atlarini ko’rish


Bunday imkoniyat faqatgina sizning sevimli saytingiz Shou-biznes olamida mavjudligi barchaning ko’nglini ko’tarishi shubhasiz.Ilk ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA haqida nima deyishimiz mumkin? Sayt ijodkorlari Rustam Fayziev, Sanjar Abdug’aniev, Matluba Musaeva hamda kamina «Yahoo messenger» programmasi orqali siz azizlar uchun eng real va kutilmagan suhbatlar uyushtirishni o’z oldimizga asosiy maqsadlarimizdan biri qilib qo’ygan edik. Ollohga shukur hammasi ko’ngildagidek o’tdi. Mana endi bir oyda ikki marotaba sizni e’tiboringizga ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA havola etiladi. Bevosita bugungi suhbatga to’xtaladigan bo’lsak, shuni alohida ta’kidlash o’rinli: biz Shohruhdan bunday ochiq intervyuni kutmagan edik. Konferensiya ishtirokchilari barcha o’zlarini qiziqtirgan savollariga to’liq javob oldilar. Hatto, saytimizning eng ashaddiy muxlisasi Sita Shohruhning mahsus sovg’asi repperlar kepkasini («From Shoh for Sita» deb yozilgan Shohruhning dastxati bilan) yutib oldi. Agarda bugungi ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA haqida yozadigan bo’lsak, juda ham ko’p yozishimizga to’g'ri keladi. Shuning uchun keyingi safar konferensiyada ishtirok etsangiz barchasiga o’zingiz guvoh bo’lasiz. Darvoqe, saytimizning fotogalereya sahifasiga tashrif buyurib konferensiya chog’ida tushirilgan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Biz sizni virtual orzuingizni ro’yobga chiqaramiz. Haqiqiy ON-LINE mana shunday bo’ladi!!!

Diqqat, diqqat!!! Ba’zi texnik sabablarga ko’ra yozib olingan bugungi ON-LINE VIDEO-KONFERENSIYA o’chib ketibdi. Agarda orangizda konferensiyani yozib olgan ziyrak muxlislar bo’lsa, info@sb.uz elektron pochtasiga yuborishingizni so’raymiz.

on-lineshohruh051 on-lineshohruh046 on-lineshohruh043 on-lineshohruh057


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *