Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ilhom Farmonovning «Qizil shapkacha»sini qachon ko’ramiz?
1 Okt, 2014

Ilhom Farmonovning «Qizil shapkacha»sini qachon ko’ramiz?

Ilhom Farmonov - Qizil shapkachaO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Ilhom Farmonov ijodidan yangiliklarni yetkazishda davom etamiz. Xushovoz xonandaning yangi ijod namunalari haqida xabar berishni boshlar ekanmiz, siz azizlarga tez kunlarda Ilhom Farmonovdan «Qizil shapkacha» nomli yangi taronasiga suratga olingan klipni qarshi olishingiz mumkinligi haqida ma’lum qilamiz.

Ilhom Farmonov ijodiga qiziquvchilar uchun bu ajoyib xushxabar bo’ladi, degan umiddamiz. «Qizil shapkacha» nomli yangi taronaga suratga olingan klipga Sanjar Matkarimov rejissorlik qildi. Klip voqeaviy tarzda suratga olingan bo’lib, yumorga boy ravishda ekranlaringizda namoyon bo’lishi kutilmoqda. Ayni damda mazkur klipni montaj ishlari ketmoqda. Demak, tez kunlarda Ilhom Farmonovning «Qizil shapkacha» taronasiga suratga olingan klipini qarshi olishimiz mumkin bo’lar ekan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 174 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *