Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Fev, 2007

Ilhom Farmonovdan ayollarimizga sovg’a!

Ilhom FarmonovNegadir so’nggi damlarda Ilhom Farmonov bir oz ijod qilishdan to’xtab qolgandek… Xo’sh, u hozirgi kunda nimalar bilan band??? Biz Ilhom Farmonov ijodidan yana yangi taronalar tinglaymizmi??? Bu kabi savollarga javob olish niyatida biz Ilhom Farmonovga yuzlandik.

Buni qarangki, Ilhom Farmonov bir emas, bir necha taronalarni o’z muxlislariga taqdim etish niyatida ekanlar. Kelayotgan 8-mart bayramiga Sharifxon Voxobov musiqasi va so’zi bilan kuylangan 2 qo’shiq, «Otajon-onajon», «Sog’inganman onamni» taronalari muxlislar hukmiga havola etilsa, Bahor fasliga bag’ishlab «Ishq fasli», Navro’z ayyomiga atab «Hamal» hamda To’lqin Abdurahmonov musiqasi va Sohib Kamol so’zi asosida dunyoga kelgan tojikcha «Devona shudam» taronalari muxlislar hukmiga havola etilishi haqida ta’kidlab o’tdi. Demak, Ilhom Farmonovdan biz ajoyib tarzda yangi qo’shiqlarni ketma-ketlikda kutib qolamiz.

Jahongir (JET) tayyorladi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *