Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ilhom Farmonov konsertidan fotoreportaj!!!
25 Mart, 2014

Ilhom Farmonov konsertidan fotoreportaj!!!

Ilhom Farmonov 2014 konsertO’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Ilhom Farmonov 22-23-24-mart kunlari «Istiqlol» san’at saroyida o’zining navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Mazkur konsert dasturidan SB.uz portali ijodiy jamoasi maxsus fotoreportaj tayyorladi.

Portalimizda shu kunlarda yuz bergan ba’zi texnik nosozliklar sababli biz maqolani ertaroq taqdim eta olmadik. Yuzaga kelgan nosozliklar hozirda bartaraf etildi va endilikda sizlar uchun Ilhom Farmonovning yangi yakkaxon konsert dasturidan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etamiz. Ilhom Farmonov mazkur konsert dasturi uchun uzoq vaqt tayyorgarlik ko’rdi. Hammaga ayonki, Ilhom Farmonovning muxlislari asosan yoshi katta onalardan tashkil topadi. Albatta yoshlar orasida ham xonandaning o’z o’rni bor. Biroq, asosiy muxlislar albatta yoshi katta onaxonlardir. Shu sababli ham konsert zalga tashrif buyurgan tomoshabinlarning aksari yoshi ulug’ onalardan iborat edi. Ilhom Farmonov konsert dasturida ijro etgan 20dan ortiq taronalarining bir qismini jonli ijroda kuylagan bo’lsa, yana bir qismini fonogramma orqali ijro etdi. Konsert davomida o’z vaqtining eng sara qo’shiqlari bilan bir qatorda, yangidan-yangi taronalar ham ijro etildi. Hamma kutgan tarona bo’lmish «Onajoning rozi qil» qo’shig’i ham konsert dasturidan o’rin olgan bo’lib, barcha onalarimizni qarsaklariga sababchi bo’la oldi. Shuningdek, mazkur konsert dasturida Ilhom Farmonovning o’g'li Islomjon Farmonov ham o’z qo’shig’i bilan chiqish qildi. Konsert dasturini Muhammadjon Bobojonov hamda Dilnoza Kubaevalar olib borishdi. Quyida siz azizlar uchun mazkur konsert dasturida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchilari G’ayrat Ubaydullaev hamda Ibrohim Boymuhammedov tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 315 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *