Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ilhom Farmonov konsertga taraddud ko’rmoqda…
12 Mart, 2014

Ilhom Farmonov konsertga taraddud ko’rmoqda…

Ilhom Farmonov ofisidaKuni kecha SB.uz portali ijodiy jamoasi O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Ilhomjon Farmonovning yangi ofisiga tashrif buyurdi. Tashrifimizdan maqsad esa Ilhom Farmonovning yaqinlashayotgan yangi yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarliklar bilan tanishish edi.

Shu bahonada biz Ilhomjon Farmonovning yangi ofisi bilan ham tanishib chiqishga muyassar bo’ldik. Shinamgina qurilgan binoda Ilhom Farmonovning ijodiy tayyorgarliklari uchun barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilganiga guvoh bo’ldik. Yangi qo’shiqlarini yozish uchun studiya ham qurilganligi quvonarli holat. Endi Ilhom Farmonovdan yanada yaxshi taronalarni qarshilasak ajab emas.
22-23-24 mart kunlari muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida Ilhom Farmonov o’zining yangi «Eslaysanmu» deb nomlangan yangi yakkaxon konsert dasturini o’z muxlislariga taqdim etadi. Konsert dasturi «Navro’z» bayramiga bag’ishlangan bo’lib, konsertning teng yarmi jonli ijroda, qolgan yarmi esa fonogramma asosida bo’lib o’tadi. «Eslaysanmu» deb nomlagna konsert dasturidan 20dan ortiq qo’shiqlar o’rin olgan bo’lib, qo’shiqlarning aksari yangi taronalar bo’ladi. Konsert dasturining birinchi bloki «Sog’lom bola» yiliga bag’ishlangan bo’lib, unda Islomjon Farmonov hamda «Tomosha» bolalar teatri o’z kuy-qo’shiqlari bilan ochib berishadi. Shuningdek, konsert davomida siz onalar haqida, otalar haqida ijro etilgan yangi taronalardan ham bahramand bo’lishingiz mumkin. Viloyatlardan tashrif buyurgan muxlislar uchun esa xorazmcha hamda surxoncha uslubdagi taronalar ham ijro etiladi. Muxlislar talabiga binoan avvalgi hit taronalar ham konsert dasturidan o’rin olgan. Ilhom Farmonov hozirgi kunda mazkur konsert uchun kuylayotgan qo’shiqlarini Iqbol Muhammad, Fazliddin, Dilshod Ahmadshoh, Musaxon Nurmatov, Nodir Umarov, Baxtiyor Qurbonov, Jasur Badalboev, Azamat Farmonov, Sherzod Farmonov, Jabbor Mirusmonov kabi ijodkorlar bilan hamkorlikda tayyorlamoqda. Biz Ilhom Farmonovga yaqinlashib kelayotgan konsert dasturi oldidan omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz.

Quyida bizning hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Star media


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 270 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *