Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
8 Avg, 2009

Ijodiy hamkorlik mevasi «Tol’ko tebe» taronasidir!

Sherkhan - Tol'ko tebeYaqindagina Buyuk Britaniyaning London shahridan ona yurtiga qaytib kelgan xonanda Sherkhan, ijodga butkul sho’ng’ib ketdi. Bir necha kun ilgari Sherkhan va iceTIM birgalikda loyihalar ustida ishlayotgani haqida xabar bergan edik. Ana shu loyihalarning birinchi «Tol’ko tebe» taronasi hamda unga ishlanayotgan klip hususida bugun to’xtalib o’tamiz. Barcha qiziqarli tafsilotlar va klipni suratga olish jarayonidan fotosuratlar bilan hoziroq tanishishingiz mumkin…

«Tol’ko tebe» taronasi aslida o’zbek tilidagi she’r bo’lgan. Uni Sherkhan 12 yoshida yozgan edi. Sherkhanning gapiga qaraganda, bu she’rni qariib 15 yil mobaynida qo’shiq qilishni orzu qilgan ekan. Lekin shuncha yillar davomida hech bir to’xtamga kela olmagan. Sherkhan hamkorlari bilan maslahatlashib, uni rus tilida kuylab, klip suratga olishni rejalashtirdi. Rus tiliga she’rni tarjima qilishga Mr. Slan yordam berdi. Shu bilan birga quruq she’rni rus tiliga tarjima qilmay, unga chiroyli bezak ham berdi. «Biz qo’shiqni samimiy, agressiv holatdan yiroq ravishda, muqaddas makon-oila va eng ezgu tuyg’u-sevgi haqidagi ajib bir ijod namunasi sifatida taqdim qilishni xohladik»,-deydi Sherkhan biz bilan suhbatda.
Mr. Slan: Men rep yo’nalishimdagi ijodimda tavakkal qilishga majbur bo’ldim. Rep yo’nalishining ajoyib bir hususiyati borki, u har qanday yo’nalishdagi qo’shiqlarga to’g'ri keladi. Menga bu loyihada ishtirok etish juda maroqli. Ayniqsa, Sherkhan meni bu loyihaga taklif qilganida, juda hursand bo’ldim. Har doim Sherkhanning ko’zlari yonib turadi. Va eng asosiysi Sherkhan samimiy inson va ijodkor deb to’liq ayta olaman. Qo’shiq haqiqattan juda qiziqarli. Klip lavhalari ham tomoshabinning e’tiboridan chetda qolmaydi.
iceTIM (Timur Qodirov klip rejissori): «Tol’ko tebe» taronasiga klip tryek ko’rinishida suratga olinmoqda. Zamon talabidan kelib chiqqan holda kompyuter grafikasidan foydalaniladi. Asosan klip ikki o’lchamli grafika elementlari asosida yaratiladi. Chiroq ustasi va rassom: Yoqubjon Yusupov. Darvoqe, iceTIM hozirda yana bir yangi ovoz sohibasi bilan ham ijodiy hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Klipning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, klipda bosh qahramon qiz rolini Sog’indiqova Sayyora ijro qilgan. U top model sifatida Miss Uzbekistana 2007 g’olibasi, shu bilan birga Miss mira tanlovida esa fahrli o’rinlardan birini egallagan. Yana bir bor aytib o’tishimiz kerak, Sherkhan bilan birgalikda Mr. Slan, iceTIM va Sog’indiqova Sayyora kabi top yulduzlar ishlashdi. Hozir esa, klipni suratga olish jarayonidan ajoyib kadrlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Darvoqe, Sherkhanning yangi «Tol’ko tebe» taronasini portalning «Audio Time» bloki orqali tinglashingiz ham mumkin.

«Tol’ko tebe» taronasini eshitish

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe

Sherkhan - Tol'ko tebe


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *