Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
«iCase» do’konining ochilish marosimi!!!
24 Noy, 2015

«iCase» do’konining ochilish marosimi!!!

iCase ochilish marosimi

Bugun 24 noyabr kuni soat 16:00da «Samarqand Darvoza» savdo markazida «iCase» mobil telefonlar uchun maxsus g’iloflar do’konining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur marosimdan siz azizlarga fotoreportaj tayyorlab, taqdim etishga shay turibmiz.

«iCase» mobil telefonlar uchun antiqa va ajoyib g’iloflar hozirlab, keng ommaga taqdim etadigan do’kon hisoblanadi. Siz o’zingizning mobil telefonlaringiz uchun endilikda istagan fotosuratingiz tushirilgan g’ilofni tayyorlab, foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, siz sevgan insonlaringizga, yaqinlaringiz ham sovg’a tarzida taqdim etishga juda ham ajoyib hadya o’rnini bosa oladi. Mana shunday ajoyib mobil telefonlar uchun maxsus g’iloflar tayyorlovchi do’konning ochilish marosimiga o’zbek shou-biznesi olamining bir qator ko’zga ko’ringan vakillari tashrif buyurishdi. Jumladan, Shahzoda Muhammedova, Yodgor Mirzajonov, Sharof Muqimov, Luiza Rasulova, Anvar Mirzo, «Feridun» modalar uyi rahbari Farhod Baxriddinov, ajoyib va kreativ tortlari bilan barchaga mashhur bo’lgan Yulduz Giftbox, Dilshod Kattabekov, Aziz Rametov, Halima Ibragimova, Yoqubbek Qudratov, Muhammadjon Bobojonov va boshqalar.

Quyida siz azizlar uchun ochilish marosimi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *