Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«I love you» endi sof ingliz tilida…
7 Iyun, 2014

«I love you» endi sof ingliz tilida…

Ulug'bek Rahmatullaev - I love youBugungi kunda turli mavzularda qo’shiq kuylab, har bir ijod namunasi hit darajasiga aylanayotgan Ulug’bek Rahmatullaev bir necha yillardan beri dilida saqlab kelayotgan maqsadlarini amalga oshirishni boshladi. Ulug’bek Rahmatullaev o’zining «I love you» taronasini endilikda butunlay ingliz tilida kuylashga tayyorlanmoqda. Faqat bu qo’shiq ingliz tilida remiks talqinda jarang sochadi.

1984-yilda musiqa shinavandalari uchun ma’lum va sevimli bo’lgan Steve Wonderning mashhur «I just called to say I love you» taronasi hit darajasiga ko’tarilgandi. Bu qo’shiq hozir ham sevib tinglanadi. Ulug’bek Rahmatullaev esa ikki yoshligida mashhur bo’lgan ushbu taronani yoshligidan kuylashni niyat qilgan ekan va nihoyat ushbu maqsadini amalga oshirish uchun fursat yetganligini ma’lum qildi. Yaqin kunlarda xonanda «I just called to say I love you» qo’shig’ini kuyladi. Demak, tez kunlarda 2ta tarona prem’erasi. Ha aytgancha iyul oyida «Kabutarlar» klipini ham tomosha qilasiz!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 585 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *