«Humo+TV» gazetasining 10-soni sotuvda!
SB.uz portali yurtimizda faoliyat olib borayotgan bir nechta matbuot nashrlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu nashrlardan biri «Humo+TV» gazetasidir. Gazeta orqali portal hayotida bo'layotgan barcha ma'lumotlardan birinchilar qatorida guvoh bo'lishingiz mumkin…
Ajoyib yangilik. Endi sevimli gazetangiz 64 sahifa! Qo'shimcha 16 sahifada turli xil qiziqarli ma'lumotlar, voqealarni o'qishingiz mumkin. Jumladan:
Iroda Iralieva — turmushga chiqdimi?
- Tug'ilgan zahoti «ota» degan chaqaloq…
- «Qaytar dunyo»dagi Xurshid To'xtaev.
- Uch nogironning onasi…
- Boqiy olam bo'sag'asi (Voqeaiy hikoya).
- Sobiq qo'shiqchi yulduz Chung Ryu Von.
- Tovonlarni silliqlashda giyohli damlamalarning ta'siri.
Shuningdek, bolajonlarning eng antiqa fotosuratlari va ularga izohlar, skanvord, munajjimlar bashorati hamda eng to'liq TV dasturlari «Humo+TV» gazetasida mujassam. Sotuvdagi bahosi 700 so'm.