Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
3 Fev, 2012

Hojiakbardan qo'shiqlar, kliplar va konsert!

HojiakbarO'zining hech kimga o'xshamaydigan ijod yo'nalishi bilan boshqa san'atkorlardan ajralib turadigan Hojiakbar ijodida bugunda bir talay yangiliklar mavjud. Jumladan, Hojiakbar «Qoshi qayrilma», «Azizim», «Muhabbatim», «Parizodim», «Yalli-yalli», «Qalbim», «Sevgilim» kabi bir nechta yangi taronalar yaratgan.

Taronalar yaratish bilan birgalikda ularga klip suratga olish ishlarini ham bir vaqtda olib bormoqda. Ko'ramiz bu tarona va kliplar qanchalik o'z muxlislarini topa olar ekan. «Qoshi qayrilma» taronasining so'zi va musiqasi bastakor Dilshod Ahmadshoxga tegishli. «Yalli-yalli» taronasi so'zlari shoir Tohir Muhammad qalamiga mansub. Musiqasini xonanda Hojiakbarning o'zi bastalagan. Shuningdek, may oyida bo'ladigan gala konsertda ham Hojiakbar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Bu gala konsertga bir qancha taniqli estrada yulduzlarimiz ham ishtirok etadi. Bundan tashqari Hojiakbar, kuz oylarining birida o'tkaziladigan yakkaxon konsert dasturi uchun ham ter to'kib mehnat qilmoqda. Chunki, yakkaxon konsert berish anchagina izlanishlarni talab etadi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *