Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Hojiakbar Haydarov albom taqdimotini o’tkazdi…
3 May, 2016

Hojiakbar Haydarov albom taqdimotini o’tkazdi…

Hojiakbar Haydarov albom taqdimotiKecha, 2 may kuni yosh umidli xonanda Hojiakbar Haydarov o’zining ilk albomi taqdimotini o’tkazdi. Xonandaning ilk albomi «Inson» deb nomlanadi. Ammo, albom taqdimoti marosimini esa «Otamga» deb nomladi va marhum san’atkor Nuriddin Haydarovning tanigan bilgan yaqinlarini mazkur tadbirga taklif qildi.

Tashrif buyurganlar orasida G’iyos Boytoev, Zohirshoh Jo’raev, Shahzod Murodov, Said Muhtorov, Ahad Qayum, Anvar Azimov, Yodgor Mirzajonov, Iqbol Mirzo va boshqalarni ko’rish mumkin edi. Hojiakbar Haydarovning «Inson» deb nomlangan ilk albomidan 8ta video klipi hamda 21ta qo’shiqlari o’rin olgan. Albom taqdimotiga tashrif buyurganlar uchun Hojiakbar Haydarov o’z albomidan hadya qildi va jonli ijroda bir qator qo’shiqlarini ijro qilib berdi. Biz o’z o’rnida yosh ijodkorga kelgusi ijodiy faoliyatida omad yor bo’lishini tilab qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun albom taqdimoti davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *