Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Hayot uchun» hayriya konsertidan fotoreportaj!!!
28 Apr, 2013

«Hayot uchun» hayriya konsertidan fotoreportaj!!!

Hayot uchun konsertKecha, 2013 yil 27 aprel sanasida soat 17:00da «Turkiston» saroyining yozgi binosida «Hayot uchun» shiori ostida hayriya konsert dasturi bo’lib o’tdi. «Hayot uchun» futbol shousidan tayyorlaganimiz kabi, ushbu konsert dasturidan ham fotoreportaj tayyorladik. Bir qator yulduzlar ishtirokidagi konsert dasturi qanday o’tdi?

Bu savolga javob topish qiyin emas. Agar ushbu konsert dasturiga siz tusha olmagan bo’lsangiz va shu vaqt oralig’ida «Turkiston» saroyi atrofidan o’tgan bo’lsangiz odamlarning juda ham ko’p yig’ilganini ko’rishingiz mumkin edi. Hammaning ustida «Hayot uchun» shiori yozilgan oq futbolka. Hammaning yuzida tabassum. Zero, yoshlardan tortib, yoshi ulug’largacha hamma «Hayot uchun» kabi ajoyib loyihada ishtirok etayotganligidan hursand edi. Ushbu hayriya tadbirlarida ular ham o’z hissalarini qo’shayotganliklaridan boshlari ko’kka yetdi. Endi esa yana bevosita konsertga qaytsak. Konsert dasturi boshlanishidan 1 soat oldin yulduzlar asta-sekin tashrif buyura boshlashdi. Ruhshona, Ulug’bek Rahmatullaev, «Bojalar» guruhi, Shahzoda, Nilufar Usmonova, Oybek Rixsibekov, Rayhon Ulasenova, Ziyoda, Akbar, Lola, «Zarba» guruhi, «Sahro» guruhi, Lola Ahmedova, Abdulla Shomag’rupov, Alisher Fayz, Alisher Uzoqov, Adiz Rajabov, Ulug’bek Qodirov kabi yulduzlarimiz mazkur konsertda ishtirok etib, tashrif buyurgan ko’p sonli muxlislar kayfiyatini ko’tarishdi. Tadbir so’ngida esa Gulnora Karimova ham tashrif buyurdilar. Tadbir qanday o’tganligini endi fotosuratlar so’zlab beradi. Quyida siz azizlarga SB.uz portali uchun «Real Time» foto va video studiyasi tomonidan tasvirga tushirilgan eksklyuziv fotolavhalar keltirilmoqda. Marhamat, tomosha qiling!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 1 707 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *