Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Hayot uchun» futbol shousidan eksklyuziv 70ta fotosuratlar!
26 Apr, 2013

«Hayot uchun» futbol shousidan eksklyuziv 70ta fotosuratlar!

Hayot uchun 2013 futbol shousiKecha, ya’ni 2013 yil 25 fevral kuni soat 17:00da «Bunyodkor» stadionida «Hayot uchun» shiori ostida o’zbek kinosi va estradasi yulduzlari ishtirokidagi katta futbol shousi bo’lib o’tdi. 34000dan ziyod muxlislar qarshisida kechgan ajoyib futbol shouda deyarli barcha yulduzlarni uchratishingiz mumkin edi.

Ulardan aksari stadionda va stadion atrofida jamlangan bo’lsalar, qolgan qismi tomoshabin sifatida 34000 muxlis ichida o’tirib tomosha qildilar. Haqiqiy yulduzlar yog’dusini aynan mana shu futbol shouda ko’rishingiz mumkin edi. Har bir tashrif buyurgan yulduzni birma-bir sanab chiqadigan bo’lsak, juda ham katta ro’yhat tuzishimizga to’g'ri keladi. Shuning uchun yaxshisi fotosuratlar orqali o’zingizni kimlar tashrif buyurganini bilib olsangiz bo’ladi. Futbol shou avvalida Jahongir Poziljonov, Shahzoda, Samandar va Akbar chiqib «Hayot uchun» tadbiri uchun kuylangan maxsus qo’shiqni ijro etdilar. So’ngra Jahongir Poziljonovning o’zi va Ulug’bek Rahmatullaev ham o’z qo’shiqlarini tashrif buyurgan tomoshabinlarga ijro etib, barchani kayfiyatini ko’tarishdi. So’ngra maydonga futbol shouning ilk ishtirokchilari «Kelajak ovozi» hamda «Ting’ir-ting’ir» jamoalari chiqib kelishdi. Bu ikki jamoa o’rtasida kechgan futbolning asosiy vaqtida hisob ochilmaganligi sababli, uchrashuv yakunida penaltilar seriyasi bo’lib o’tdi. Penaltilar seriyasida «Kelajak» ovozi jamoasi g’olib chiqdi. So’ngra, «Xonandalar» jamoasi aktyorlardan tashkil topgan «Hijolat» jamoasiga qarshi to’p surishdi. Yana asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa «Hijolat»chilar g’alabaga erishdilar. Mazkur o’yin davomida bir necha bor to’xtalishlar yuzaga keldi. Ulardan birida «Hijolat» jamoasi murabbiyi Muhammad Iso Abdulhayirov xo’roz ko’tarib stadionga yugurib tushdi. Boshlovchi Muhammad Isodan nega bunday qilganini so’rasa, bir qon chiqarib yubormoqchi edim, deb javob berdi. Yana bir to’xtalish esa yanada hayratlanarli. Uchrashuv o’rtasida Turkiyaning «Muhtasham yuzyil» teleseriali ekranlarda namoyish etila boshladi. Hamma futbolchilar yotib olib, film tomosha qilishga tushib ketishdi. Penaltilar seriyasida har bir urilgan golni har ikki jamoa ham antiqa nishonladi. Kimdir «Gangnam style»ga o’yinga tushgan bo’lsa, yana qay biridir Andijon polkasi bilan golni nishonladi. 2 uchrashuv yakuniga yetgach Nilufar Usmonova, Lola, Shahzoda va Ozodbek Nazarbekov birma-bir chiqib, o’z qo’shiqlarini ijro etdilar. Final o’yinida «Kelajak ovozi» hamda «Hijolat» futbol jamoalari to’qnash keldilar. Buni qarangki, bu o’yinda ham asosiy vaqtda hisob ochilgani yo’q. Chunki, har bir jamoa darvozasida professional darvozabonlar turishgan edi. «Kelajak ovozi» jamoasini darvozasida Pavel Bugalo turgan bo’lsa, «Hijolat» sharifini Ignatiy Nesterov himoya qildi. Penaltilar seriyasida «Kelajak ovozi» jamoasining qo’li baland keldi. Shunday qilib, turnirga ta’sis etilgan «Hayot uchun» kubogi «Kelajak ovozi» jamoasiga nasib qildi. Kubokni ushbu tadbirni tashkil qilish g’oyasini ilgari surib, a’lo darajada o’tishida o’zi bosh-qosh bo’lgan Gulnora Karimova topshirdi.
Xullas bir so’z bilan aytganda shoumisan, shou bo’ldi. Tadbir tashkilotchilariga qoyil qolmasdan iloj yo’q. Shu kabi tadbirlar davomiy bo’lishini tilab qolamiz. Endi esa SB.uz portali uchun «Real Time» studiyasining mohir fotosuratchisi Zohid Ikromov tomonidan suratga olingan fotosuratlarni taqdim etamiz. Marhamat!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 2 970 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *