Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Har biri 1 million turadigan «Kabutarlar»…
19 Iyun, 2014

Har biri 1 million turadigan «Kabutarlar»…

Ulug'bek Rahmatullaev - KabutarlarYodgor Nosirov hamda Jamshid Xojiniyozov g’oyasi asosida estradamizning yorqin yulduzi Ulug’bek Rahmatullaevning «Kabutarlar» taronasiga klip suratga tushirildi. Mazkur klipda 1985-1988 yillar ko’rsatilgan bo’lib, unda romantik sahnalarni tomosha qilishingiz mumkin.

Klip jarayonida qiziqarli va qayg’uli holatlar ko’p bo’ldi. Ulardan birini hozir sizlarga so’zlab beramiz. Klipda suratga tushirish uchun ijaraga kabutarlar olingan edi, kutilmaganda ularning qanotida boylangan iplar yechilib ketib, kabutarlar uchib ketishdi. Uzoq vaqt kabutarlarni qaytishini poylagan ijodiy guruhning hafsalasi pir bo’ldi, kabutarlar qaytib kelmadi. Qiziq tarafi shundaki ushbu kabutarlarning har birining narxi naqd 1 million so’mdan turar ekan. Kabutarlarning egasi bu kabutarlar juda noyob va qimmat kabutarlar turiga kirishini aytib qoldi. Buni eshitgan klipmeyker Yodgor Nosirovning boshi qotib qoldi. Oxir oqibat ushbu noqulay vaziyatdan chiqish yo’li topildi. Klipning suratga olish ishlari hali yakuniga yetmagan edi. Kabutarlar yana suratga tushirilishi lozim edi. Uchib ketgan kabutarlar o’rniga xuddi ularga o’xshash boshqa kabutarlar topib dublyor tarzida suratga olish ishlari davom ettirildi. Mana shunday holatlar ham yuz berib turadi.

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 711 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *