Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
28 Iyul, 2007

Happy birthday, Shahzoda!

ShahzodaLatofatli va go’zal Shahzoda bugun o’zining tavallud ayomini nishonlamoqda! Ushbu unutilmas kun bilan chin yurakdan portalimiz jamoasi qutlaydi. Unga oilaviy baxt, tan-u sog’liq, kelajakdagi ishlariga ulkan zafarlar yor bo’lishini chin ko’ngildan tilaydi. Ijodiga esa, yangidan-yangi go’zal taronalarni yaratib, elga tortiq qilishiga tilakdosh. Har doim yuzingizdan kulgu, labingizdan tabassum arimasin. Yana bir bor tug’ilgan kuningiz bilan!

Mana shunday kunda muxlislar tug’ilgan kun haqida barcha ma’lumotlarga ega bo’lishni istashligi tabiiy. Biz ham o’z o’rnida shunday ma’lumotlarni sizga taqdim etishga intilamiz. Maftunkor Shahzodaning tug’ilgan kuni qayerda va qanday tarzda bo’lib o’tishini «Tarona Records» xodimlari qattiq sir saqlashmoqda. Biroq, biz ba’zi ma’lumotlarga ega bo’lishga erishdik. Shahzodaning tug’ilgan kuni ikki qismdan iborat bo’ladi. Birinchi qism Toshkentdagi ko’rkam restoranlardan birida bo’lib o’tsa, ikkinchi qism xorij davlatlaridan birida bo’lib o’tadi. Shahzodaning bu yilgi tug’ilgan kunidan eksklyuziv fotosuratlar nasib qilsa, albatta sizning e’tiboringizga havola etiladi. Portalimizni kuzatishda davom eting!

Shahzoda


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *