Hamkorlikdagi hayriya tadbiri…
Kecha poytaxtimizda joylashgan 31-mehribonlik uyida «Bekajon» gazetasi hamda SB.uz portali ijodiy hamkorligida 1-iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan hayriya konsert dasturi uyushtirildi…
Tadbirda «Bekajon» va SB.uz portali ijodkorlari bilan bir qatorda san'atimizning yosh va iste'dodli, shuningdek, mashhur san'atkorlari qatnashishdi. Jumladan, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon, Anvar Sobirov, aktyor Adiz Rajabov, Jakhongir.Uz, DiaS, Jasur Umirov, Hojimurod Bekchanov, Mustafo, Sirojiddin, Ruhshona, Sitora Farmonova, Diyora, Xusan va boshqalar ishtirok etishdi. Ayniqsa, xonanda Jasur Umirov bolajonlarga barcha qo'shiqlarini musiqa sadolarisiz jonli ovoz bilan ijro qilib berishi kutilmagan holat bo'ldi. Hayriya konsert dasturi juda ko'tarinki ruhda o'tkazildi. Kuy-u qo'shiqlar bilan birgalikda bolajonlar orasida turli ko'ngilochar o'yinlar o'tkazildi. G'olib bo'lganlarga esa albatta esdalik sovg'alari topshirildi. Bu kun mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'zlarida yo'q shod edilar. Hozir esa sizning e'tiboringizga tadbirda tushirilgan ayrim fotosuratlarni havola qilamiz.