Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 May, 2009

Hamkorlik aloqalari o’rnatildi!

Maxi StudioSB.uz portalining doimiy hamkori «Maxi Studio» studiyasi Xitoy xalq respublikasida faoliyat olib borayotgan Mo’minjon Oblikim bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi. Hozirda yangi qo’shiqlarini aynan «Maxi Studio» studiyasida yozmoqda… Mo’minjon Oblikim bilan yaqinroq tanishish maqsadida ularni suhbatga tortdik…

- O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida «Maxi Studio» studiyasi faoliyat olib borishini qayerdan bildingiz?
- Umuman o’zbek san’atiga qoyil qolaman. Juda ko’plab iste’dod egalari faoliyat olib boradi. Bularning barchasini men Xitoy xalq respublikasidaligimda aynan sizning portalingiz SB.uz orqali tanishib borardim. Sizning portalingiz Xitoyda juda mashhur hisoblanadi. Bir kuni portalga kirganimda, mana shu «Maxi Studio» studiyasi haqida yangiliklar joylangan ekan. Mana shu bilan o’qib tanishib chiqib, studiya bilan hamkorlik qilishga ahd qilgan edim. Mana hozirda orzuim ushaldi. «Maxi Studio» studiyasi haqiqattan ham zamon bilan hamnafas studiya ekan.
- Nima sababdan aynan O’zbekistonga keldingiz?
- Yuqorida aytib o’tganimdek, o’zbek san’atiga qiziqib kelganman. Undan tashqari, mehmondo’st xalq bo’lganingiz uchun aynan O’zbekistonga kelishga qaror qildim.
- Eshitishimizga qaraganda, Xitoyning Urumchi shahrida o’zingizning yakkaxon konsert dasturingizni taqdim qilish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan ekansiz?
- Ha albatta. Yangi konsert dasturimni aynan «Maxi Studio» studiyasi va sizning portalingiz SB.uz portali bilan hamkorlikda o’tkazishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yganman. Hozirda yangi qo’shiqlar yaratish bilan bandman. Ochig’ini aytsam, avval ham Toshkentda bo’lganman. O’sha paytlarda Toshkentdagi boshqa studiyalar bilan ham hamkorlik qilganman. Lekin ularning sifati yaxshi emasligini ko’rib achingandim.
- Shu kunlarda qanday nomdagi qo’shiqlarni yaratishga ulgurdingiz?
- «Yaqin orada boraman ona», «Muzlagan yurak» va «Oy chehra qiz» nomli yangi qo’shiqlarimni yaratdim.
- Konsert dasturingizni qachon taqdim qilishni rejalashtirgansiz?
- Xitoyning Urumchi shahridagi konsert dasturim nasib qilsa, iyun oyining ikkinchi yarmida o’tkazishni rejalashtirganman.

Xitoy xalq respublikasida faoliyat olib borayotgan Mo’minjon Oblikimning keyingi ishlarida ulkan omadlar tilab qolamiz.

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio

Maxi Studio


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 45 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *