Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
2 Yan, 2009

Gollivudda konsert bergan xonanda…

ShahShah (Shuhrat Vohidov) haqida bir qator ma’lumotlarni siz azizlarga yetkazishga va’da bergan edik. Mana shu va’daga muvofiq bugun u haqidagi ba’zi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz. Xonanda bilan yanada yaqinroq tanishib olish fursati yetdi.

Shah (Shuhrat Vohidov) 30 mart kuni Toshkent shahrida, ijodkorlar oilasida dunyoga kelgan. Ilk musiqiy bilimini Glierda olgan. Ilk yakkaxon chiqishini Moskva shahridagi Ostankinoning 1 markaziy telekanali orqali namoyish etishgan. Konsert dasturi bilan MDH davlatlarida, Germaniya, Angliya, Fransiya, Italiya, Gretsiya, Hindiston, Turkiya, Bangladesh, Avstriya, Nepal, Polsha, Gollandiya va AQSH kabi davlatlarda chiqish qilgan.
Shah (Shuhrat Vohidov) xalqaro mukofotlar laureati hisoblanadi. Shuningdek, «Nepalning Oltin Ovozi» maqomini ham olgan.
Shah (Shuhrat Vohidov) hamda «Ey sanam» raqs ansambli ikkita katta konsert dasturi bilan (1-Folklor yo’nalishidagi qo’shiqlari va raqslari, 2-Jahon estradasi qo’shig’i va raqslari) katta yutuqlar ila Gollivudda, Kaliforniya shtatda joylashgan «Kodak» teatrida («Oskar» mukofoti topshirish marosimi har yili mana shu konsert zalda o’tkaziladi) chiqish qilgan. Hattoki konsert dasturiga Gollivudning taniqli yulduzlaridan ikki nafari tashrif buyurib tomosha qilgan (Ularning ismlarini hozircha ma’lum qilishimizni Shah (Shuhrat Vohidov) istamadi.). Nyu York shtati, Manhetten shahrida joylashgan «Orange County» konsert zalida ham 7000 tomoshabinga konsert dasturini taqdim etgan. Shuningdek, AQSHning yana 17 shtatida ham konsert dasturlari bilan ishtirok etgan.
Hozirgi kunga kelib, Shah (Shuhrat Vohidov) «Malikam», «Taqdir», «Inson», «Nozli yor», «Hayolimda», «Gul bichidum», «Kel», «Prinssesa» va «Akajon» qo’shiqlariga klip suratga oldirgan. 4ta CD albom sotuvga chiqargan. O’z repertuarida 20dan ortiq jahon tillarida ijro etilgan qo’shiqlari mavjud.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 51 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *