Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Gold Planet» ochilish marosimidan fotoreportaj!
20 Dek, 2014

«Gold Planet» ochilish marosimidan fotoreportaj!

Gold Planet ochilish marosimiBugun «Samarqand Darvoza» savdo markazida yangi «Gold Planet» nomli tilla buyumlari do’konining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Mazkur ochilish marosimi o’zbek estradasi va kino olami yulduzlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Mazkur tadbirdan sizlarga maxsus fotoreportaj tayyorladik.

«Gold Planet» tilla buyumlari do’korlari tarmog’i bo’lib, u hozirda «Samarqand Darvoza» savdo markazining birinchi qavatida o’z faoliyatini boshladi. Mazkur do’konlar tarmog’ining ochilishiga bag’ishlangan tadbirda yuqorida aytib o’tganimizdek yulduzlarimiz ishtirok etishdi. Jumladan, Munisa Rizaeva, Ulug’bek Rahmatullaev, Halima, Davron Kabulov, Dilso’z, Adiz Rajabov, Umidaxon, Ahad Qayum, Gulchehra Eshonqulova, Asal Shodieva, Nargiza Salmonova, Sug’diyona Azimova, Otabek Mahkamov, Oyxon Iforzoda, Narimon Sultonxo’jaev, Sanjar Matkarimov, Ruhshona, Umid Iskandarov, Muhammadali Iskandarov, Sevara Solieva, Ma’mur Sultonov, Akbarxo’ja Rasulov, Akbar, Xusan, Yigitali Mamajonov va boshqalarni ushbu tadbirda ko’rishingiz mumkin edi. Tadbirni iste’dodli boshlovchi Jahongir Mirzo olib bordi. Tadbirni tashkiliy ishlari bo’yicha «ProArt» kompaniyasi rahbari Javlon Kamolov shug’ullandi. «Gold Planet» tilla buyumlari do’koni inter’er dizayni bo’yicha Jasurbek ish olib borgan.

Quyida siz azizlar uchun tadbir davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 024 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *