Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Goh yig’latib, goh quvnatgan konsert!!!
10 Noy, 2016

Goh yig’latib, goh quvnatgan konsert!!!

Ulug'bek Rahmatullaev 2016 konsert

O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist Ulug’bek Rahmatullaev o’zining 2016-yildagi konsert dasturlarini boshlab oldi. 5 kunga mo’ljallangan «Qirmizi olma» nomli Ulug’bek Rahmatullaevning navbatdagi yakkaxon konsert dasturi tashrif buyurganlarni goh yig’latgan bo’lsa, goh quvnatdi!!!

Ulug’bek Rahmatullaev bu yilgi konsert dasturiga anchagina hozirlik ko’rdi. Avvalgilaridan farqli o’laroq, konsert dasturini 2 bo’limdan iborat qildi. Odatda uning konsertlari 3 bo’limga ajralar edi. O’z muxlislari uchun ajoyib sovg’a bo’lsin deb Ulug’bek bir qator sara qo’shiqlarini bu konsertda ijro etmadi, uning o’rniga esa 11ta yangi qo’shig’ini taqdim etdi. Ularning ba’zilari juda ham dardli chiqqanligi sababli tashrif buyurgan muxlislarning ko’ziga beixtiyor yosh ham keldi. Ammo, undan so’ng ijro etilgan sho’x-shodon qo’shiqlar esa bir zumda hammaning yuzida tabassum uyg’otib, hattoki raqsga tushishga ham sabab bo’la oldi. Odatga ko’ra konsert dasturida boshlovchilik vazifasini ham Ulug’bekning o’zi bajardi. Darvoqe, agarda Ulug’bek Rahmatullaev xonanda bo’lmaganida, undan juda ham zo’r suxandon chiqar edi. Konsert dasturining qoq o’rtasida sahnaga iste’dodli so’z ustasi Shukrullo Isroilov taklif etildi. Tomoshabinlarning kayfiyatini yanada ko’tarish bilan birga Shukrullo Isroilov bir qator yutuqli o’yinlar o’ynab, tashrif buyurgan muxlislarni homiy sovg’asi bilan siyladi. Konsert dasturi uchun qurilgan dekoratsiya va yorqin chiroqlar jiloasi har bir insonni e’tiborini o’ziga tortmay qolmaydi. Duet taronalarga keladigan bo’lsak, bu yil faqatgina bitta duet tingladik! Kim bilan deysizmi? Shahzoda bilan!!! Qo’shiq juda ham a’lo darajada chiqqanligini alohida ta’kidlab o’tish o’rinli. Konsertga tashrif buyurganlar orasida bir qator yulduzlarimizni ham ko’rish mumkin edi. Jumladan, Shohruhxon, Shahzoda, Alisher Uzoqov, Jahongir Poziljonov, Javlon Shodmonov, Manzura, Abdurashid Yo’ldoshev, Sharof Muqimov, Doston Ubaydullaev, Botir Yaminov va boshqalar. Ha aytgancha, konsertda nafaqat O’zbekistondan, balki xorijdan ham mehmonlar tashrif buyurishgan. Turkiyadan aynan Ulug’bek Rahmatullaevning konsert dasturi sababli tashrif buyurgan 2 nafar mehmon o’zbek san’atiga juda ham qiziqishini aytib o’tish o’rinli. Konsert so’ngida O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti, marhum Islom Abdug’anievich Karimov ham alohida hotirlab o’tildi.

O’z o’rnida biz SB.uz portali ijodiy jamoasi Ulug’bek Rahmatullaevga konsertning qolgan kunlari ham mana shunday fayzli o’tishiga tilakdosh bo’lib, omad tilab qoladi!!!

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 69 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *