Fotosuratlar: Lolaning 2012 yilgi konserti (1-qism)
Maftunkor Lolaning 2012 yil taqdim etgan konsert dasturidan eksklyuziv fotosuratlarni taqdim etmoqdamiz. Bilamiz, konsert dasturi bo’lib o’tganiga ham ancha vaqt bo’ldi. Biroq, «Hechdan ko’ra kech» deganlaridek, ajoyib fotosuratlarni taqdim etish uchun menimcha erta-kechi bo’lmaydi. Asosiysi, eksklyuziv fotosuratlar yuqori sifatda!!!
Bu yil ham Lola o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Biroq, bu mavzu ko’tarilishiga hali ancha bor. Biroq, 2012 yildagi konsert dasturi taasurotlari hali hamon muxlislarni tark etgani yo’q. Ana shunday ashaddiy muxlislarning talab va istaklarini inobatga olgan holda biz Lolaning 2012 yil taqdim etgan yakkaxon konsert dasturi jarayonida tushirilgan fotosuratlarini siz azizlarga taqdim etishga qaror qildik. Bugun taqdim etayotgan 18ta fotosuratimiz ushbu fotosuratlarning 1-qismi hisoblanadi. Portalimizni kuzatib boring va bundan ham chiroyli fotosuratlardan bahramand bo’ling.