Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
21 Noy, 2011

Fotosuratga tushishdan bosh tortgan xonanda…

Alisher RahmatullaevHech kimga ko'rinish berishni istamayotgan Alisher Rahmatullaevni xushyor muxlislar baribir ko'chalarda ko'rishganligi haqida bizga ma'lumot yetib keldi. Ma'lumotlarga qaraganda Alisher Rahmatullaevni Samarqand shahrida muxlis qizlar ko'rib qolishgan va u bilan birgalikda suratga tushishni taklif qilishgan. Biroq, Alisher muxlisalari bilan fotosuratga tushishga rozi bo'lmagan. Qiziq, bunga nima sabab?

Bu savol hozircha ochiq qolmoqda. Lekin, bilishimizcha Alisher Rahmatullaev yangi albomini deyarli tayyor qilib ulgurgan. Albomni yakunlashga faqatgina 3 nafar qo'shiq yetmayotgan ekan. Albomdan o'rin oladigan qo'shiqlar orasida xonandaning avval hit bo'lgan taronalarining yangi talqini ham bor. Jumladan, «Setora» guruhi bilan ijro etilgan «Begonamassan» qo'shig'i, «Chora-chora» va Shukur («Fazo» guruhi) bilan birgalikda kuylagan «Devona» nomli duet tarona ushbu albomdan o'rin olar ekan. Albatta vaqt o'tgach ushbu qo'shiqlarni tinglovchilar qarshi olishadi, degan umiddamiz.

 

Alisher Rahmatullaev


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 48 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *