Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
13 Dek, 2012

Fond Forum bilan yil yakunlari

On-lineZukko va tashabbuskor yoshlarning suyanchig'i, dardiga malham topayotgan ayollarning sirdoshi, ustoz san'atkorlar, ijodkorlarning ilhom manbai, shodlik ulashuvchi bolalarning hamrohi…

Fond Forum bugun tom ma'noda O'zbekistonning eng yirik va faol jamoat tashkilotiga aylandi. Uning atrofida madaniyat va san'at namoyondalari, jamoat arboblari, iqtidorli yoshlar, turli sohalar mutaxassislari, xomiylar, bir so'z bilan aytganda, mamlakatimiz  taqdiriga  befarq bo'lmagan barcha insonlar birlashgan. Ular yurtimiz madaniyati, an'analari, boy madaniy-ma'naviy merosida va zamonaviy san'atidagi eng yaxshi jihatlarni kashf etish va dunyoga tanitish, iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash, mahalla va xashar kabi an'analarni tiklash, ijtimoiy muammolar yechimiga hissa qo'shish va yangiliklarni olib kirish borasida sa'y-harakatlarni birlashtirgan holda muayyan natijalarga erishib kelmoqda. 

Ushbu o'ziga xos jamoada har bir ishtirokchining fikrini tinglash, maslahatlashgan holda ish ko'rish hamda an'analar va zamonaviylikni uyg'unlashtirish, avloddan avlodga o'tib kelayotgan qadriyatlarni inobatga olish kabi tushunchalar ustivorlik qilib, aynan shunday muloqotlardan yangi loyihalar, tashkilotlar va butun bir jamoat harakatining yangicha ko'rinishi paydo bo'lmoqda. 

Hamjihatlikda ko'plab xayrli ishlarni amalga oshirib kelaetgan ushbu katta jamoa yangi rejalar, loyihalar va g'oyalar bilan Yangi yilni qarshi olish arafasida an'anaga ko'ra, yakunlanayotgan yilni sarhisob qiladi. 20 dekabr Yoshlar ijod saroyida bo'lib o'tadigan bu sarhisob Fond Forum tomonidan yilning 4 faslida amalga oshirilgan turli tadbirlarga o'ziga hos yakun yasash barobarida, yangi tashabbuslarning ro'yobi uchun zamin yaratadi. Savol yo'llovchi va javob beruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida jamg'armaning faoliyat yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda anjuman mavzuviy bo'limlarga ajratilgan:

1.      Yoshlarni qo'llab-quvvatlash

2.      Bolalarni qo'llab-quvvatlash

3.      Ayollarni qo'llab-quvvatlash

4.      Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash

5.      Xalqaro faoliyat

6.      Moda va dizayn

7.      Prodyuserlik loyihalari

8.      Ma'naviy bilimlarni oshirish

9.      Inklyuziv ta'lim

10.  Sport sohasi

11.  Kino sohasini qo'llab-quvvatlash

12.  Teatr san'atini qo'llab-quvvatlash

13.  Grant loyihalari

14.  Festivallar

15.  Ko'rgazmalar

16.  Konsertlar

17.  Anjumanlar, forumlar, davra suhbatlari

18.  Xayriya aksiyalari

19.  Ijtimoiy loyihalar

20.  Ko'krak bezi saratoniga qarshi loyihalar

21.  Xalq tabobatini rivojlantirish

22.  Sog'liqni saqlash

23.  Bolalar ijodiyoti va sporti markazlari

24.  Ijtimoiy muassasalarni qayta ta'mirlash va jihozlash

25.  Yangi ijtimoiy muassasalarni barpo etish

26.  Noshirlik faoliyati

27.  Volonterlik yo'nalishi

28.  Fond Forum loyihalarini qo'llab-quvvatlash

Online anjuman – Fond Forumning kashfiyoti bo'lib, keng jamoatchilik oldida ochiqdan ochiq hisobot berish, kelgusi rejalarni muhokama qilishning yangicha usulidir. Bu yili anjuman yettinchi bor tashkil etilayotgan bo'lib, unda bir qancha yangiliklar ham kiritilgan. Jumladan, Yoshlar ijod saroyining markaziy zalida yakunlanayotgan yilning unutilmas lahzalarini namoyon etuvchi ulkan fotoko'rgazma tashkil etiladi. “Asrlar sadosi” an'anaviy madaniyat festivali, “1000ta nikoh va 1000ta sunnat to'y”, Style.uz san'at haftaligi, “Oltin gepard” Toshkent xalqaro kinoforumi, “Yangi avlod”, bolalar ijodiyoti festivali, “Kelajak ovozi”  iqtidorli  yoshlar tanlovi va boshqa shu kabi yilning eng qiziqarli voqealarini yana bir bor yodga olish imkoniyati bo'ladi.

Online anjumani tashkilotchilar, ishtirokchilar, homiylar, xalqaro va mahalliy tashkilotlar, rasmiy doiralar va keng jamoatchilik vakillarini jamlaydi. Dastlab, mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda Fond Forum Vasiylik kengashi raisi Gulnora Karimova va barcha ishtirokchilar savollarga javob beradilar.    

Barcha qiziqqanlar www.on-line.uz sayti orqali o'z savollarini berishi, ishtirokchilar esa video ko'priklar va Yoshlar ijod saroyidagi jonli muloqotlarda qatnashishi mumkin bo'ladi.

Gulnora Karimovaning mualliflik loyihasi bo'lgan Online anjuman — O'zbekistondagi eng texnologik loyihalardan biridir. Ushbu tadbir jamg'arma faoliyatining yakunlarini sarhisob qilishning zamonaviy, samarali, yoshlar nazdidagi demokratik va shaffof usulidir. Internet-foydalanuvchilarining savollariga nafaqat jamg'arma vakillari, balki madaniyat va san'at arboblari, taniqli shaxslar, estrada va kino xonandalari, Fond Forum loyihalari g'oliblari, bir so'z bilan aytganda bir yil davomida tashkilotning loyihalarida ishtirok etganlarning bari javob berishadi.

Ta'kidlash joizki, Fond Forum va uning atrofida jipslashgan jamoatchilik sayi-harakatlari o'laroq 2004 yildan buyon 2000dan ziyod ahamiyatli loyihalar amalga oshirildi. “Mehr Nuri” jamg'armasi, “Ayollar kengashi” respublika jamoat birlashmasi, “Hayot uchun!” ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasi, “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbuslari markazi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash fondi, “IJOD” O'zbekiston rassomlari, san'atshunoslari va xalq ustalari uyushmasi, Universal madaniyat markazlar tarmog'i, Bolalar ijodiyoti markazlari, O'zbekiston ijtimoiy mas'ul fuqarolari forumi va boshqa bir qancha tashkilotlar va birlashmalar ishlay boshladi. Bugungi kunda ushbu loyihalarning umumiy ko'lami mamlakatimiz bo'ylab 7 mln. kishini qamrab oldi.

Fond Forumning Pekin, Moskva, Tokio, Parij, Vena, Madrid, Nyu-York, Berlin, Jeneva va Londonda ochilgan vakolatxonalari va boshqa mamlakatlardagi hamkorlari yordamida O'zbekistonning merosi va bugungi salohiyatini dunyoga tanitish imkoni paydo bo'ldi. Londonda bo'lib o'tgan Olimpiya o'yinlaridan tortib Xitoydagi xalqaro moda haftaligiga qadar turli xalqaro tadbirlar doirasida O'zbekiston madaniyati kechalari va taqdimotlari o'tkazilmoqda. Fond Forum sa'y-harakatlari o'laroq ko'plab nufuzli insonlar yurtimizga tashrif buyurmoqda va muhim xalqaro tashkilotlar o'z tadbirlarini aynan O'zbekistonda o'tkazishni lozim topmoqda. Xalqaro shaxmat federatsiyasi — FIDE o'zining Gran-Pri o'yinlarini Toshkentda, dunyodagi eng yirik Christie’s uyining hayriya auksionlari Nukus va poytaxtimizda o'tkazilishi bunga misoldir. 

“Hamjihatlik hikmati” shiori ostida o'tadigan Online anjuman 2012 yilning sarhisobigina bo'lib qolmay, kelayotgan 2013 yil uchun ham ilhom manbai bo'lishi, an'analar uzviyligi asosida kelajak tamal toshlarini qo'yishi shubhasizdir.

On-line


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 192 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *