Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
26 Avg, 2008

Firdavsning baxtli onlari!

FirdavsO’zbek estradasining yorqin yulduzlaridan biri bo’lgan Firdavs Pazletdinov, kuni kecha sevimli onajonisining 50 yillik tug’ilgan kunlarini o’z oilasi hamda ko’plab estrada xonandalari davrasida keng nishonladi. Shuningdek ijodidagi yangiliklarga to’xtalsak, endilikda Firdavsning muxlislari telefon tarmog’i orqali o’z fikr va mulohazalarini bildirishligi mumkin…

Firdavs hamda turmush o’rtoqlari, volidalari uchun chiroyli gullardan yasalgan guldasta hamda ajoyib sovg’a taqdim etishdi. Tug’ilgan kun poytaxtimizda joylashgan «Persia» restoranida bo’lib o’tdi. Unda Sardor Rahimxon, «Yoshlar» guruhi, ajoyib so’z ustasi Mehriddin Rahmatov va boshqalar qatnashishdi. Ha darvoqe, yana shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Firdavs muxlislarining taklif va mulohazalarini nafaqat internet tarmog’i orqali balki telefon orqali ham bilishni xohlamoqda.

Demak, xonanda Firdavsning muxlislari, agar o’z taklif va mulohazalaringiz bo’lsa, 2286818 telefon raqamiga qo’ng’iroq qilib bildirishingiz mumkin. Zero, sizning takliflaringiz Firdavsning keyingi ijodi uchun juda zarurdir!

Firdavs

Firdavs

Firdavs

Firdavs

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 33 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *