Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Sen, 2006

Firdavs yangi film suratga olish niyatida…

Firdavs«Suratdagi sir» filmidan so’ng o’z oldiga katta maqsad qo’ygan Firdavs o’zining yangi debyut filmini suratga olishni rejalashtirdi.Hozirda xonanda filim uchun eng yaxshi scenariyni qidirmoqda. Xonanda shuni ma’lum qiladiki, kimda-kim o’zining eng zo’r g’oyasini bizning portal orqali bildirsa, uning fikri inobatga olingan holda filmga scenariy yoziladi.
Xonanda bo’lajak filmi haqida shunday deydi: — Olloh nasib etsa film suratga olamiz. Filmning mavzusi doimdagidek sevgi-muhabbat haqida bo’lishi kerak. Bizning mahsulot boshqa filmlardan shunisi bilan farq qiladiki, u hind filmlari singari suratga olinadi. Chunki hind filmlari boshga filmlardan tubdan farq qiladi. Bizning film ham shunday bo’ladi degan umiddaman. Nima ham deymiz, yaxshi scenariy va g’oyalarni kutib qolamiz. Siz o’z maktubingizni idea@sb.uz elektorn qutisiga yo’llashingiz mumkin. Xonandaning «Beg’uborim» taronasini «Smile» on-line radiosi orqali tinglagan bo’lsangiz kerak. Aynan shu taronaga xonanda Durbek Sharipov bilan hamkorlikda klip suratga olmoqda. Undan tashqari «Darvesh» qo’shig’iga ham kilip suratga olishni boshlab yubordi.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 87 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *