Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Iyun, 2008

Firdavs endi piyoda emas…

FirdavsBir-birini takrorlamaydigan va ma’noli qo’shiqlari bilan ijodini davom ettirayotgan Firdavs Pazletdinov, shu kunlarda yana 3 ta tarona ustida tinmay izlanish olib bormoqda. Shulardan biri, bundan bir necha oy ilgari klassik uslubda kuylangan «So’lim» taronasining mantiqiy davomi sifatida yana bir klassik taronadir. Shuningdek shaxsiy hayotida o’zgarishlarga to’xtaladigan bo’lsak, Firdavs yangi avtomashina ham sotib oldi…

Yangi milliy yo’nalishdagi taronaning ijodkorlari hozircha Firdavs tomonidan sir tutilmoqda. Qolgan 2 qo’shiq zamonaviy estrada talqinida ijro etiladi. So’zlarini xonanda Firdavsning o’zi yozgan bo’lsa, musiqasini esa, Botir Aliev bastalagan. «Yana paydo» hamda «Sen tomon shoshay» taronalari uchun maxsus klip ham olish rejalashtirilgan. Yana shunisi qiziqki, yangi yaralajak kliplarni endilikda Firdavsning o’zi suratga tushiradi. Bulardan avval esa u, klassik uslubdagi «So’lim» hamda fors tilidagi «Ey honim kujo kujo» taronalariga ishlangan klipni uning o’zi montaj jarayonlarini amalga oshirgan edi. Darvoqe, ayni kunlarda xonandani shahar ko’chalarida hozircha davlat raqamisiz »Chevrolet EPICA» avtomashinasida ko’rsangiz ajablanmang! Firdavs ushbu mashinasini Dubay shahridan keltirdi. «Bizning O’zbekiston yo’llariga juda mos va issiq kunlarda juda as qotmoqda», -dedi Firdavs biz bilan suhbatda! Fikrimizning tasdig’i sifatida suratlarni tomosha qilishingiz mumkin. Avtomashinalar muborak Firdavs!

Firdavs

Firdavs

Firdavs

Firdavs

Firdavs


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 60 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *