Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Iyun, 2009

Feruza va Laylo ijodda! Kamilla esa…

FeruzaBir vaqtlar Tarona Rekords kompaniyasi tarkibida bo’lgan ilk «Setora» guruhi vaqt o’tishi bilan ba’zi kelishmovchiliklar tufayli guruh nomini «Se*tanho» deb o’zgartirib, kompaniyadan ajralib chiqib, o’zlari ijod qilishni boshlashgan edi. O’sha davrlarda guruh qizlari biz tanhomiz va hech qachon guruhimiz parchalanmaydi deyishgan edi… Lekin… Lekin unday bo’lmadi!Sobiq «Se*tanho» guruhi a’zosi Kamilla san’atdan mutlaqo chetda, Feruza hamda Laylo (Leyli taxallusi bilan) yakkaxon tarzda ijodni boshlagan. Feruza hozirda yangi albom ustida ishlamoqda. Albomdan joy oladigan 7 ta qo’shiq tayyor. Yana 5 tasi ustida izlanmoqda. Ayni damda TV kanallari orqali Feruza ijrosidagi «Seni sevaman» taronasiga rejissor Timur Qodirov (iceTIM) tomonidan ishlangan video klip namoyish qilinmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 27 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *