«Fayzboja» guruhining navbatdagi qo'shig'i tayyor!
Xabaringiz bor «Fayzboja» guruhi bizning portal muxlislari tomonidan tashkil etilgan guruh bo'lib, hozirda o'zlarining bir qator qo'shiqlarini yozib birin-ketin taqdim etib kelishmoqda. Bugun yana bir yangi qo'shiq tayyor bo'ldi.
«Fayzboja» guruhi shu kunga qadar «O'zbegim yulduzlari», «Samoda kuyladim», «Zo'r-zo'r» va «Ko'zimda yosh» qo'shiqlarini tinglovchilar hukmiga tortiq etgan edilar. Ularning yangi qo'shiqlari «Vafoli yor» deb nomlanadi. Umidli ijodiy guruh turli qiyinchiliklarni yengib o'tgan holda ijod qilishda davom etmoqdalar. Kelajakda o'z o'rnilarini egallashlari o'z qo'llarida. Ularga omad tilab qolamiz!