Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Iyun, 2012

«Fayoz»ning «Ko'zlari koinot»…

Fayoz - Ko'zlari koinotBir muddat to'xtab qolgan «Fayoz» guruhi yana ijodga jiddiy kirishdi. Oybek va Sher yangi qo'shig'ini «Ko'zlari koinot» deb nomlashdi va bu qo'shiqqa ajoyib klip ham tasvirga tushirishdi. Yangi klip hali O'zbekistonda uchramagan kliplar sirasiga kirishi ta'kidlanmoqda. Biroq, bu klip darhaqiqat aytilgan so'zlarni oqlarmikin…

Agarda biz klipni Jasur Shametov tasvirga tushirganligini inobatga oladigan bo'lsak, bu so'zlar o'sha aytilganidek «koinot»dan olinmaganligini anglash mumkin. Zero, Jasur Shametov yurtimizdagi sanoqli professional klipmeykerlar qatoriga kiradi. Uning har bir klipi yuksak darajada chiqishi ham hech kimga sir emas. Jasur Shametov mazkur klipni Timur Primkulov bilan birgalikda suratga tushirdi. Klipda Oybek va Sherni siz yangi qiyofada ko'rishingiz mumkin bo'ladi. Ularning imiji ustida ham o'z ishining ustasi Lidiya Andre ish olib borganini alohida aytib o'tish joiz.
26 iyun kuni «Grand» radiosida boshlovchi Ibrohim Ahmedov ana shu «Ko'zlari koinot» taronasini prem'erasini taqdim etadi.
Yana bir yangilik «Fayoz» guruhi «Hayot bu sen» nomli yana bir yangi tarona ijro etishgan. Mazkur qo'shiqqa ham klip suratga olinmoqda. Bu haqida keyinroq to'xtalib o'tamiz. Darvoqe, guruh a'zolariga savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, guruh prodyuseri bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bog'lanishingiz mumkin: (+99890) 9557878.

Fayoz - Ko'zlari koinot

Fayoz - Ko'zlari koinot

Fayoz - Ko'zlari koinot

Fayoz - Ko'zlari koinot

Fayoz - Ko'zlari koinot


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *