Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
4 Avg, 2008

«Fayoz»chilar suratga olish maydonida…

FayozMuxlislari uchun o’zining kutilmagan ijod namunalarini taqdim etib kelayotgan «Fayoz» guruhi yigitlari Sherali va Oybek, «Mani tanla» taronasiga ishlangan maxsus klipidan so’ng, «To’ydan keyin» deb nomlangan qo’shiq tayyorlayotgani haqida xabar bergan edik. Lekin buni qaranki, tasodifan ularni suratga olish maydonida uchratib qoldik… Qiziq nima sababdan ular kamera ro’parasida?! Yoki biror filmda suratga tushishmoqdami? Judayam qiziq-a?Gap shundaki, «Fayoz»chilar ommaviy axborot vositalaridan bekitgan holda yangi bir taronasi uchun klip suratga tushirishmoqda ekan. Qo’shiq va klip haqidagi barcha ma’lumotlarni sir tutishni ma’qul ko’rishdi. Nima sababdan sir tutishayotgani esa, faqat va faqat o’zlariga ma’lum. Biz faqat ularga omad yor bo’lishini chin dildan tiladik.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 42 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *