Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
23 Yan, 2009

«Fayoz» guruhidan sirli klip!

Fayoz«Fayoz» guruhi Yakzon so’zi va musiqasi, Zafar Qodirov aranjirovkasi bilan mutlaqo yangi qo’shig’ini «Tarona Records» studiyasida yozib tugatdi. Bizni hayratga solgani bu qo’shiqqa allaqachon klip ham suratga olib bo’lingan. Lekin, guruh prodyuseri Yakzon o’z ish uslubiga sodiq qolgan holda qo’shiq nomini va klip syujetini sir saqlamoqda.Bizga berilgan ma’lumotlarga ko’ra Milliy Akademik Drama teatri aktrisalari Zuhra Solieva, Hosiyat Husanova hamda «Ofarin» teatr-raqs guruhi yakkaxoni Nurida Abdullaeva, singlisi Aynura Abdullaeva bilan suratga tushgan. Shuningdek, «Fayoz» guruhi ayni kunlarda yangi fotojamlanma tayyorlash uchun shaharning yetuk imijmeyker-stilistlari bilan ish olib bormoqda. Buning natijasidan esa tez orada bahramand bo’lasiz. Ha aytgancha, ko’ramiz «Fayoz» guruhining ushbu sir saqlanayotgan qo’shiq va klipi qay darajada chiqar ekan!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 57 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *