Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
17 Okt, 2008

«Fayoz» guruhi «Yolvoradi»mi yoki «Yorvoradi»mi???

FayozEstrada olamiga kirib kelganiga hali ko’p vaqt bo’lmagan «Fayoz» guruhi o’z muxlislarini topishga ulgurdi. Ularning «Soyabon» hamda «Mani tanla» taronalari va ularga ishlangan kliplar ko’pchilikning e’tibor markazida bo’ldi. Xo’sh, «Fayoz» guruhi navbatdagi qo’shig’i bilan «Yolvoradi»mi yoki «Yorvoradi»mi???

Nima sababdan bunday fikr o’rtaga tashlanganiga hayron bo’layotgan bo’lsangiz ajab emas. Gap, shundaki «Fayoz» guruhining navbatdagi taronasi «Yolvoraman» deb nomlanadi. YAKzoN so’zi va musiqasi bilan kuylangan mazkur taronaga «iceTim», Temur Qodirov tomonidan klip suratga olindi. Ayni paytda klip TV kanallari orqali namoyish etilmoqda. Tez kunlarda sevimli portalingizdan ham klipni ko’chirib olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shuningdek, «Fayoz» guruhi yana bir yangi tarona ustida ish olib bormoqda. Sho’x tarzda kuylanadigan mazkur tarona so’zi va musiqasi yana o’sha YAKzoN ijodiga mansub, aranjirovkasi esa Zafar Qodirovga tegishli. Yil yakuniga qadar ushbu qo’shiqqa ham klip suratga tushirilishi va keng ommaga taqdim etilishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda ilk albom ham yil oxirigacha tayyorlab ulguriladi. Guruh prodyuseri YAKzoNdan ham bir qator yangiliklar mavjud. Bular haqida keyinroq…


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 39 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *