Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
16 Okt, 2010

«Fayoz» guruhi yana ijodda! Ammo yo'nalish umuman o'zgacha…

Fayoz guruhiO'zlarining kuy-u qo'shiqlari bilan yoshlarning orasida anchayin mashhur bo'lgan «Fayoz» guruhi bir necha oylik ijodiy tanaffusdan so'ng yana ijodga qaytishdi. Albatta quruq qo'l bilan emas…

«Fayoz» guruhi ijodlarida yuz bergan bir necha oylik tanaffusda ham ijoddan to'xtashgani yo'q. Ular muxlislari uchun ilk musiqiy albomlari ustida ish olib borishdi. «Meni tanla» deb nomlangan ilk musiqiy albomlaridan 12 ta tarona o'rin olgan. Shuningdek, guruh a'zolari Oybek hamda Sher yangi qo'shiq ustidagi ishlarni ham o'z nihoyasiga yetkazishdi. Qo'shiq guruhning yo'nalishidan biroz noodatiy. «Minimal House» deb nomlangan yo'nalishda yaratilgan ijod namunalari albatta tinglovchilarni befarq qoldirmaydi deb o'ylaymiz. Darvoqe, aynan yuqoridagi yo'nalishda «Fayoz» guruhi Bobur Umarov so'zi, musiqasi hamda aranjirovkasi bilan «Boom-boom» nomli qo'shiq kuylashdi. Shu kunlarda ushbu tarona uchun klip suratga olish ishlari boshlab yuborilgan.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *