Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«Fayoz» guruhi tarqaldi!!!
19 Dek, 2013

«Fayoz» guruhi tarqaldi!!!

PhotoMania FayozO’zining 6 yillik ijodiy tarixiga ega bo’lgan «Fayoz» guruhi tarqaldi. Lekin, «Fayoz» guruhi ijodini to’xtatgani yo’q. Havotir olmang, guruhda endilikda bir yakkaxon xonanda bo’ladi va o’z ijodiy yangiliklarini muxlislariga taqdim etishda davom etadi. Xo’sh, guruhning qaysi a’zosi endi guruhda faoliyatini davom ettirmoqda?

«Fayoz» guruhi nima sababdan ajraldi? Oralaridan biror gap o’tdimi, degan savolga biz aniq javob berishimiz mumkin. Yo’q, guruh a’zolari Oybek va Sherali oralarida hech qanday kelishmovchilik yuzaga kelmadi. Shunchaki, guruhdan Oybek chiqib ketdi xolos. Endilikda, guruhda faqat Sheralining o’zi ijodini davom ettiradi. Tez kunda «Fayoz» guruhi nomi bilan ijodini davom ettirayotgan Sheralidan yangi ijod namunasini qarshi olishingiz mumkin bo’ladi. Bu haqida keyinroq yana albatta to’xtalib o’tamiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 411 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *