Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
19 Mart, 2012

«Fayoz» guruhi «Internet» bilan ijodga qaytdi!

FayozBir qancha muddat shou-biznes olamida ko'rinmay qolgan, ikki yosh yigitdan iborat bo'lgan «Fayoz» guruhi yana ijodga kirishdi. Endilikda siz «Fayoz» guruhidan yangidan yangi qo'shiqlarni qarshi olishingiz mumkin. Jumladan, 2012 yil 20 mart kuni «Fayoz» o'zining yangi qo'shig'ini taqdim etadi.

Ushbu qo'shiq nomi ham sizni e'tiboringizni o'ziga tortishi aniq. Zero, qo'shiq nomi «Internet» deb ataldi. Qiziq, nima sababdan internet? Bu guruh yigitlarini internet tarmog'ida ko'p o'tirishidan dalolatmi yoki internetni kichik bir reklamasimi? Ajab emas, yaqin orada guruh a'zolari «SB.uz» deb nomlangan qo'shiq ham ijro etsalar!!! Oybek va Sherdan bunday sovg'ani kutish ham mumkin! Demak, 20 mart kuni «A'lo FM» radiosida «Fayoz»ning «Internet» taronasini tinglab, baho beramiz. Biroq, hozirda bu taronadan tashqari yana 3ta qo'shiq tayyor turibdi. Qo'shiqlar birin-ketin muxlislar hukmiga havola qilinadi. Darvoqe, yana bir yangilik bor! «Fayoz» guruhi o'z ijodi mobaynida ilk bor duet tarona kuylashga qaror qilgan. Ammo, duetdosh kim ekanligini hozircha sir saqlashmoqda!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 36 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *