Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Farruh Komilovning «Yoroney» taronasini tingladingizmi?
19 Okt, 2013

Farruh Komilovning «Yoroney» taronasini tingladingizmi?

Farruh KomilovO’z uslubiga ega bo’lib ulgurgan, is’tedodli xonanda Farruh Komilov yana bir yangi qo’shiq kuyladi. «Yoroney» deb nomlangan mazkur qo’shiqni balki tinglashga ham ulgurgandirsiz. Agar hali tinglashga ulgurmagan bo’lsangiz, unda endi albatta tinglab ko’ring!!!

«Yoroney» taronasi ma’yus ham emas, sho’x ham emas. Farruh Komilov ushbu taronada ohangni o’rtasini topa olgan. Tinglovchiga manzkur keladi. Qo’shiq musiqasi Jamshid Shodiev, aranjirovkasi esa Sherzod Yosinov ijodidan bo’lsa, so’zlari Bahodir tomonidan yozilgan. Qo’shiq uchun taniqli klipmeyker Yodgor Nosirov tomonidan klip ham suratga olinmoqda. Klip voqeaviy tarzda tasvirga tushirilayotganini ham alohida aytib o’tishimiz mumkin. Demak, tez orada klipni ham qarshilashimiz mumkin bo’ladi. Hozircha esa Farruh Komilovning rasmiy sayti www.farruh.uz orqali «Yoroney» taronasini ko’chirib olib, tinglash imkoniyatiga egasiz.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 465 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *