Farruh Komilov sho’x taronasini taqdim etdi!
Ajoyib iste’dodli xonanda Farruh Komilov yangidan yangi qo’shiqlar kuylashda davom etmoqda. Uning har bir taronasi o’z muxlisini topib bormoqda. Farruh ijrosidagi yangi tarona «Taram-taram» taronasini siz birinchilar qatorida tinglash imkoniyatiga egasiz.
«Taram-taram» taronasi musiqasi va so’zi Eldor Qayumovniki, aranjirovka muallifi esa Jasur Badalboev. «Taram-taram» taronasi qizlarga ko’proq manzur bo’lsa kerak. Zero, ushbu qo’shiqda Farruh Komilov juda ham ko’p o’zbek qizlari ismini yodga olib o’tgan. Qo’shiq uchun klip ham suratga olingan bo’lib, hozirda klipning montaj ishlari amalga oshirilmoqda. Tahminan 6 kunlardan keyin klip tayyor bo’lishi kutilmoqda. Klip rejissori Sanjar Matkarimov, operator Nurimon Sultonxo’jaev. Ushbu yangi qo’shiqni siz Farruhning rasmiy sayti www.farruh.uz orqali ko’chirib olishingiz mumkin.