Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
ID Group
Bo'limlar menyusi
Farhod Saidovning «Quralay» taronasiga klip olindi!!!
29 Mart, 2016

Farhod Saidovning «Quralay» taronasiga klip olindi!!!

Farhod Saidov - QuralayBugun iste’dodli xonanda, «Sarbon» guruhi yakkaxoni Farhod Saidov o’zining yangi qo’shiqlaridan biriga klip suratga tushirdi. Mana deyarli 35 yildan buyon o’zbek shou-biznesida faoliyat yuritib kelayotgan ushbu ijodkor bugungi kunda ham o’ziga yarasha mavqega ega. Bunday natijani ko’rsatish hozir oson emas.

Iste’dodli klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan suratga olingan yangi klip Farhod Saidovning «Quralay» taronasiga suratga tushirildi. Bu klip yumoristik uslubda suratga olingan bo’lib, unda siz Farhod Saidovni maniken ko’rinishida ko’rishingiz mumkin. Qanday qilib, deysizmi? Buni esa klip tayyor bo’lgach bilib olisiz. Darvoqe, klipda shuningdek, klipmeyker Shuhrat Mavlonovni ham ko’rishingiz mumkin. U modeler-dizayner obrazida namoyon bo’ladi. Mana shu klipni suratga olish jarayonidan sizlarga maxsus fotosuratlar ham tushirganmiz.

Quyida siz azizlar uchun suratga olish jarayonida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *