Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Farhod konsertda Shirinning qo’lini so’radi!!!
4 Iyun, 2015

Farhod konsertda Shirinning qo’lini so’radi!!!

Farhod va Shirin 2015 konsert

Kecha va bugun muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida o’zbek estradasi vakillari Farhod va Shirin o’zlarining ilk yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etdilar. Taniqli shoir Bobur Bobomurod prodyuserligi ostida shu mavqega qadar chiqqan yosh ijodkorlarning konsert dasturi yuqori darajada o’tdi.

2 kunlik konsert davomida Farhod va Shirin tashrif buyurgan muxlislari uchun o’zlarining eng sara va yangi taronalarini ijro etib berishdi. Sevgi-muhabbatni tarannum etuvchi ushbu qo’shiqlar tashrif buyurganlarga manzur bo’ldi. Konsert tomoshabinlari orasida estrada va kino olami yulduzlarini ham ko’rishingiz mumkin edi. Bugungi konsertda Shahzoda Muhammedova, Yulduz Nizomova, Iroda Iralieva, raqqosa Parizoda, Dilso’z va boshqa ijodkorlarni ko’rishingiz mumkin edi. Konsertda Farhod va Shirindan tashqari «Comedy.uz» rezidentlari, Sanjar Shodiev, Dilshodbek Kattabekov, Afsona, «Parizoda» raqs ansambli, «Zarb sadosi» ansambli doirachilari ham ishtirok etishdi. Konsert davomida kutilmaganda Farhod barcha muxlislar oldida Shirinni qo’lini so’radi. Bu haqiqiy sensatsiya bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Biroq, bu qanchalik haqiqat yoki shunchaki ssenariydagi hazil ekanligi hozircha bizga qorong’u. Agar haqiqat bo’lsa, biz ikki yoshga baxt tilab qolamiz. Hazil bo’lsa, hazilni uddasidan yaxshi chiqishganligini ta’kidlab o’tish o’rinli.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 0 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *