Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«E’tirof-2014»dan fotoreportaj!!!
27 Dek, 2014

«E’tirof-2014»dan fotoreportaj!!!

E'tirof 2014

Kecha, 2014-yilning 26-dekabr kuni «Istiqlol» san’at saroyida «E’tirof-2014″ milliy taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Yilning eng yaxshi ijodkorlari aniqlanadigan mazkur kundan maxsus fotoreportaj esa doimgidek SB.uz portalidan o’rin olmoqda.

Siz azizlar uchun «E’tirof-2014″ taqdirlash marosimidan tayyorlangan maxsus fotoreportajni havola qilishga tayyormiz. Demak, uzoq kutilgan taqdimot marosimidan eng muhim ma’lumotlarni yetkazishga tayyormiz. Konsert dasturiga oid ma’lumotlar TV orqali yetarlicha yoritib borilmoqda. Shuning uchun biz konsertga oid ko’p ma’lumotlarni yetkazib o’tirmaymiz. Asosiy eng muhim holatlarga e’tiboringizni tortmoqchimiz. Konsert dasturi deyarli 4 soatdan oshiqroq davom etdi va unda deyarli barcha xonandalar duet taronalar bilan chiqish qilishdi. Ularning orasida Sardor Rahimxon va Asal Shodievaning dueti chog’ida «Bojalar» guruhi xonandasi Jahongir Poziljonov qo’shilishi mutlaqo kutilmagan holat bo’ldi, muxlislar uchun. Alisher Fayz Rayhon haqida qo’shiq kuylayotganida sahnaga yugurib chiqqan Yigitalining vajohatini ko’rgan tomoshabinlar hayratga tushdilar, Alisher esa sahna ortiga qochib ketdi… So’ngra Yigitali va Alisher Fayz do’stona munosabatda sahnaga qaytishdi. Bu sahna ko’rinishi barchani diqqatini o’ziga tortganligi shubhasiz. Yana ko’plab qiziqarli voqealar taqdirlash marosimida bo’lib o’tdi. Biroq, keling yaxshisi bularni barini yangi yil oqshomida TV orqali mazkur taqdirlash marosimi namoyish etilganda bilib olaqoling. Biz esa sizlarga g’oliblar ro’yhatini taqdim etamiz.

Yilning eng yaxshi spektakli — «Oydin» spektakli
Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Lola Eltoeva
Yilning eng yaxshi teatr aktyori — Umirbay Qosimbetov
Yilning eng yaxshi filmi — «Geolog. O’limdan kuchli»
Yilning eng yaxshi kinoaktyori — Mirza Azizov
Yilning eng yaxshi kinoaktrisasi — Asal Shodieva
Yilning eng mohir haykaltaroshi — Joldasbek Quttimuratov
Yilning eng mohir hunarmandi — Odilbek Matchanov
Yilning eng yaxshi rassomi — Valeriy Enin
Yilning sport malikasi — Jamila Rahmatova
Yilning eng yaxshi sportchisi — Behzod Abdurahmonov
Yilning sport murabbiyi — Aleksandr Kim
Yilning eng matonatli sportchisi — Saxatov Miran
Xizmarlari uchun — Mirzohid Rahimov
Yilning eng yaxshi tele-radio jurnalisti — Dildora Mardieva
Yilning eng yaxshi tele-radio boshlovchisi — Shunqor Choriev
Yilning eng yaxshi teleloyihasi — Imkon shou
Yilning eng yaxshi radio loyihasi — Kun tafsiloti
E’tibor, ehtirom, e’zoz — Kamoliddin Rahimov
Yilning eng yaxshi baletmeysteri — Rushana Sultonova
Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi — Shodiyora Omonova
Yilning eng yaxshi bastakori — Musaxon Nurmatov
Yilning eng yaxshi an’anaviy qo’shiqlar ijrochisi — Ilyos Arabov
Yilning eng faol guruhi, ansambli, orkestri — «VIA Sharq»
Yilning eng yaxshi ayol estrada xonandasi — Munisa Rizaeva
Yilning eng yaxshi erkak estrada xonandasi — Ulug’bek Rahmatullaev

Darvoqe, barcha g’oliblarni chin qalbimizdan muborakbod etib qolamiz!!!

Quyida siz azizlar uchun taqdirlash marosimi davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 4 260 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *