Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
«E’tirof-2013» taqdirlash marosimidan reportaj!
23 Dek, 2013

«E’tirof-2013» taqdirlash marosimidan reportaj!

E'tirof 2013

2013-yilning 20-dekabr sanasida san’at va sport olami vakillarini taqdirlash uchun ta’sis etilgan «E’tirof-2013″ taqdirlash marosimi «Istiqlol» san’at saroyida bo’lib o’tdi. Davlatimiz tomonidan ta’sis etilgan mazkur mukofot bilan taqdirlash marosimi juda ham chiroyli va betakror tarzda tashkil etildi.

Turli jabhalarda yutuqlarga erishgan bir qator is’tedod egalari aynan shu kuni «E’tirof-2013″ mukofoti bilan taqdirlandilar. Har bir g’olib uchun 1500000 so’mlik pul mukofoti cheki ham topshirildi. Ushbu tadbir haqida turli internet saytlarda maqolalar chop etib bo’lindi. Bizda esa ba’zi texnik nosozliklar sababli maqola endigina taqdim etilmoqda. Boshqalarga nisbatan biz tadbirni asosan shou-biznesga yaqin taraflarini yoritishga qaror qildik. «O’zbeknavo» birlashmasi tomonidan o’zbek estradasining deyarli barcha eng nomdor vakillari mazkur tadbirga jalb qilinishgan. Shahzoda, Rayhon, Lola, Munisa Rizaeva, Tohir Sodiqov, Rashid Xoliqov, Ulug’bek Rahmatullaev, Ozodbek Nazarbekov, Gulsanam Mamazoitova… xullas hamma yulduzlar mana shu tadbirda jamul-jam bo’lishdi. «E’tirof-2013″ taqdirlash marosimida biz uchun muhim bo’lgan yo’nalishlar haqida to’xtalib o’tamiz.

«Yilning eng faol guruhi» yo’nalishida «Eldido» guruhi taqdirlandi. «Yilning eng yaxshi teleboshlovchisi» deb Shuhrat Qayumov topildi. «Yilning eng yaxshi kinorejissori» yo’nalishida Hilol Nasimov, «Yilning eng yaxshi kino aktyori» yo’nalishida Tolib Mo’minov, «Yilning eng yaxshi kino aktrisasi» yo’nalishida esa Ra’no Shodieva g’olib bo’ldi. «Yilning eng yaxshi xonandasi» deb o’zbek estradasining yorqin yulduzi Ziyoda topildi. Biz barcha g’olib bo’lgan ijodkorlarga kelgusi ishlarida omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz. Biz asosiy e’tiborni fotosuratlarga qaratishga qaror qildik va sizlarga mazkur tadbirni so’zlab beradigan 90tadan iborat fotosuratlarni taqdim etamiz.

Quyidagi fotosuratlarni bizga tasvirga tushirib bergan hamkorimiz «G’ayrat Video»ga minnatdorchiligimizni bildiramiz!!!

G'ayrat Video

 


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi, Tanlanganlar | 3 687 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *