Ertaga Umar Shamsievning konsert dasturi!
Ertaga 10 mart sanasida xushovoz xonanda Umar Shamsiev o’zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Mazkur konsert dasturi Turkiston saroyida bo’lib o’tadi. Konsert dasturlari 15:00 hamda 19:00da taqdim etiladi. Umar Shamsievning yakkaxon konsert dasturiga siz ham tashrif buyuring!
Yuqorida aytib o’tganimizdek ertaga 10 mart kuni Umar Shamsiev o’zining «Bahordan salom» deb nomlangan yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Konsertga tashrif buyurgan muxlislarni ajoyib sovg’alar kutmoqda. Mazkur konsert dasturi qay tarzda bo’lib o’tganini sizlarga ertaga fotosuratlar bilan yoritib ma’lum qilamiz. Shunday ekan, bizning portaldan chetlashmang.