Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
25 Noy, 2006

Ertaga Sogdiana "Zolotoy grammofon" sovrinini qo’lga kiritadi!!!

Haqiqiy SENSATSIYA!!! O’zbek estradasining mega yulduzi Sogdiana sanoqli soatlardan so’ng Rossiya Shou-biznesining eng katta saroyida, eng nufuzli sovrin hisoblanmish »Zolotoy grammofon»ni qo’lga kiritadi!!!

Bu mutlaqo kutilmagan hol! «Zolotoy grammofon»da ishtirok etayotgan va g’oliblikka erishgan birinchi o’zbek xonandasi sifatida Sogdiana yana bir bor tarixda qoladigan bo’ldi. Bu yilgi taqdimot hisob bo’yicha 11-taqdimot hisoblanadi. Sogdianaga 11 soni omadli kelgan ko’rinadi. Aynan bu yil, aniqroq aytadigan bo’lsak, bir necha soatlardan so’ng bo’lib o’tadigan taqdimotda Dima Bilan, Glyukoza, Nikolay Baskov, VIA GRA, Valeriy Meladze, Sofiya Rotaru, Chelsi, Filip Kirkorov, Anita Tsoy, Blestyashiy, Arash, Vladimir Presnyakov, Viktoriya Dayneko, Zveri, Maksim, Mr. Credo, Yuliya Savicheva, Serega, Sergey Lazarev, Iosif Kobzon, Valeriya, BANDEROS, GOROD 312, Chay vdvoem, Reflex kabi Rossiyaning mashhur guruh va xonandalari ishtirok etishadi. Shular qatorida Sogdiana ham taklif etilgani alohida e’tiborga olish molik! 25 noyabr kuni soat 18:00da Kremlda bo’lib o’tadigan taqdimot marosimida 28 ta bir-biridan mashhur yulduz ishtirok etadi. 28 ta yilning eng hit taronalari ijro etiladi. Biroq, bu konsert dasturi bizda, O’zbekistonda faqatgina yil yakunida namoyish etiladi. Sogdiana naqd 20 hafta «Russkoy radio» tomonidan uyushtirilgan «Zolotoy grammofon» hit-paradida o’zining «Serdse magnit» taronasi bilan yuqori pog’onalarni zabt etib turdi. Bu degani, Sogdiana «Zolotoy grammofon» sovrini egasi degani!!!


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *