Ertaga Rahmatullaev «Yomg'irlar»iga baho beramiz!!!
So'nggi yillarning eng ommabop qo'shiqlari muallifi, estradamiz yulduzi Ulug'bek Rahmatullaev o'zining muvaffaqiyatli konsert dasturidan ilhomlanib ijodga yanada jiddiy kirishib ketdi. U «Layloyimsan» konsert dasturining charchoqlari hali tarqab ulgurmasdan, yangi qo'shiqlarini ketma-ket taqdim etishga kirishib ketdi.
13 noyabr sanasini yodda saqlang. Zero, aynan mana shu sanada Ulug'bek o'zining yangi hitini keng ommaga taqdim etadi. Qo'shiq bizning bugungi kunimizga juda ham mos keladigan mavzuda kuylangan, ya'ni yangi tarona «Yomg'irlar» deb nomlangan. Mazkur tarona prem'erasi ertadan barcha radio to'lqinlarda bo'lib o'tadi. Demak, yangi taronani tinglash uchun bir kun qoldi. Darvoqe, mazkur qo'shiqning video talqini ham tez orada sizlarga taqdim etiladi. Konsert dasturidan olingan video ketma-ketlik siz azizlarga manzur bo'ladi, degan umiddamiz. Tez kunlarda bizning portalda mazkur video ham taqdim etiladi.