Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
Ertaga Masrur Usmonovning konserti!!!
27 Noy, 2014

Ertaga Masrur Usmonovning konserti!!!

Masrur Usmonov 2014 konsert tayyorgarlikXushovoz xonanda Masrur Usmonov 28-29 noyabr kunlari muxtasham «Istiqlol» san’at saroyida o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Mana shu konsert dasturiga tayyorgarliklar qanday ketayotganligini bilish maqsadida SB.uz portali ijodiy jamoasi Masrur Usmonov oldiga bordik.

Bir guruh sozandalar bilan ilk yakkaxon konsert dasturiga tayyorgarlik ko’rayotgan xonanda Masrur Usmonov kuchli hayajonda. Shunday bo’lishi ham tabiiy albatta. Har kuni atigi 2-3 soatgina uxlashga vaqt topayotganligini ma’lum qilgan Masrur Usmonov ertaga bo’lib o’tadigan ilk imtixoniga jiddiy hozirlik ko’rmoqda. Konsert davomida Masrur Usmonov o’zining 20dan ziyod qo’shiqlarini ijro etadi. Ular orasida el suygan qo’shiqlar bilan bir qatorda, yangi hali hech qayerda yangramagan taronalar ham bo’lishi tabiiy. Biz o’z o’rnida Masrur Usmonovga konsert dasturi oldidan omadlar tilagan holda, sizning e’tiboringizga konsertga tayyorgarlik jarayonidan fotosuratlarni taqdim etamiz.

Quyida siz azizlar uchun konsertga tayyorgarlik jarayoni davomida hamkorimiz «Star Media» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 246 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *