Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
15 Dek, 2006

Ertaga konsert! Sogdiana senga omad yor bo’lsin!

SogdianaIlk yakkaxon konsert… Ma’suliyat juda ham katta… Ustiga ustak 3 kun… «Xalqlar do’stligi saroyi»da… O’zbek estradasi mega yulduzi Sogdiana 15-16-17 dekabr kunlari o’zining ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishidan deyarli barcha xabardor. Biroq, konsert haqida ba’zi ma’lumotlarni ko’pchilik bilmaydi. Bu ma’lumotlar esa faqat bizda!Sogdiana ilk yakkaxon konsert dasturiga imkon qadar jadal tayyorgarliklar ko’rdi. Har bir qo’shiq uchun alohida-alohida sahna ko’rinishi tayyorlandi. Turli xil raqslarni o’rgandi. Yangi taronalar yozdi. Xullas, har bir xonanda o’z konsert dasturiga qanday hozirlik ko’rsa, Sogdiana ham ulardan kam tayyorgarlik ko’rmadi. Konsert uchun chiqarilgan chiptalar bundan 10-15 kun avval sotilib bo’lganligi esa alohida ahamiyatga ega.
Ana endi bevosita konsertda muxlislarni nimalar kutayotganligiga o’tsak. Konsert dasturida 22 ta qo’shiq ijro etiladi, ulardan 5 tasini hali hech kim eshitmagan, yangi taronalar. Qo’shiqlarni bir-biriga ulaydigan musiqiy chekinishlarga ham mehr bilan yondoshilgan. Sahna bezagida yangi yilni anglash qiyin emas. Juda ham go’zal dekoratsiya hammaning diqqat markazida bo’lishi aniq. Undan tashqari Sogdiana o’z muxlislariga ajoyib sovg’a ham hozirlab qo’ygan, biroq bu haqda u hozircha hech qanday ma’lumot bergani yo’q. San’atkorga xos sirlilik shu yerda ham o’z kuchini ko’rsatmay qo’ymadi. Xullas, nima bo’lganda ham ertaga konsertga tashrif buyurib, bariga o’zingiz guvoh bo’lishingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 24 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *