Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
7 Okt, 2010

«Erkak yig'laydi» Akmal Nazarov ijrosida…

Akmal NazarovKuni kecha bir qiziq holat yuz berdi. Yodingizda bo'lsa, bundan bir yilcha muqaddam Ulug'bek Rahmatullaev «Ona… yagona» loyihasidan so'ng,»Erkak yig'laydi» nomli yangi loyiha ustida ishlayotgani haqida aytib o'tgan edi. Lekin Ulug'bek Rahmatullaev bu loyihasini taqdim qilmagan edi… Endi esa…

Aslida «Erkak yig'laydi» nomli she'r matbuot nashrlaridan birida bundan 2 yil ilgari bosib chiqarilgan. She'r muallifi yosh shoirlardan biri, shuningdek, Ulug'bek Rahmatullaev ijrosidagi «Sensiz yashay olarman» taronasining matn muallifi Renis Meshayan. Matbuot nashri taqdir taqazosi bilan Ulug'bek Rahmatullaevning ham Akmal Nazarovning ham qo'liga tushib qolgan va ma'qul kelgan. Shundan so'ng har ikkala ijodkor she'rni qo'shiq qilish ustida bosh qotira boshlagan. Yaqindagina bu haqida ma'lum bo'ldi. Shundan so'ng, Ulug'bek Rahmatullaev Akmal Nazarovni o'z ofisiga taklif qildi va qo'shiqni butunlay Akmalga hadya qildi. Bu oliyjanoblikdan Akmal Nazarovning boshi ko'kka yetdi. Tez orada ushbu qo'shiqni Akmal Nazarov ijrosida tinglashingiz mumkin.


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 54 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *