Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
22 Yan, 2008

Endi Xojiakbarning ham sayti bor!

Hojiakbar.uzEstradamiz yulduzlari, xonandalari internet tarmog’iga kun sayin yaqinlashib bormoqdalar. Har birlari o’zlarining rasmiy saytlarini tashkil qilish uchun shiddat bilan kirishganlar, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Zero, har oyda estradamiz yulduzlarining rasmiy saytlari ochilib bormoqda.

Navbat «Voy-vo», «Gap yo’q» kabi taronalari orqali yaxshi tanish bo’lgan Xojiakbarga yetdi. Endlikda siz www.Hojiakbar.uz manziliga tashrif buyurib ijodkorning hayoti va ijodida sodir bo’layotgan yangiliklardan xabardor bo’lib borishingiz, uning kliplari va qo’shiqlarini ko’chirib olib tinglashingiz hamda u bilan muloqotda bo’lishingiz mumkin. «COOL» dizayn studiyasi tomonidan tashkil etilgan www.Hojiakbar.uz saytiga tashrif buyuring, so’ng unga baho bering!

Hojiakbar.uz


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 72 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *