Sahifalar menyusi
TwitterRssFacebook
Доска объявлений
Bo'limlar menyusi
9 Yan, 2007

Endi tojikcha xonish!

ZiyodaYangi yil aslida oilaviy bayram hisoblanadi. Hamma yangi yilni o’z uyida oila-a’zolari bilan birga qarshi olishni xush ko’radi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Biroq, yosh xonanda Ziyoda 2007 yilni o’z uyida emas, balki oilasidan anchagina uzoqda qarshilashiga to’g'ri keldi…

Muxlislarning talabiga binoan Ziyoda 2007 yilni Qozog’istonda qarshi olishga majbur bo’ldi. Haqiqiy ijodkor o’z muxlislari talab va istaklarini ana shunday qo’llab quvvatlashi darkor. Buni qarangki, Ziyodani san’atini qadrlovchilar bugungi kunda nafaqat O’zbekiston va Qozog’istonda, balki Tojikistonda ham ko’plab topilar ekan. Ularni mehrini qozonish ilinjida Ziyoda endilikda tojik tilida ham qo’shiq kuyladi. Tarona «Digaram tu» deb nomlanadi. O’zbek tiliga tarjima qilganda bu so’z «Sensan» ma’nosini anglatar ekan. Qiziq u kim ekan?


Muallif: | Bo'lim: O'zbek estradasi | 30 ta o'qildi | Izohlar yo'q

COOL.SB.uz -

Maqolaga izoh yozish

Sizning e-mail manzilingiz ko'rinmaydi. Majburiy qatorlar quyidagicha belgilangan *